TARG‘IBOT ISHLARINI KUCHAYTIRISH LOZIM

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi bilan taʼminlash asosiy masalalardan biridir.

Tuman hokimi rahbarligida tuman elektr taʼminoti va “Narpaytumangaz”gaz taʼminoti korxonalarining barcha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda so‘z bordi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida texnika xavfsizligi qoidalariiga rioya etish, tarmoqlarga noqonuniy ulanmaslik, is gazi va yong‘in chiqishining oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM