TALABLARGA RIOYA ETISH SHART

Maʼlumki, aksariyat hududlarda yashovchi aholiga toza ichimlik suvi maxsus avtomashinalarda tashib yetkaziladi. Ular orasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan transport egalari ham borligi sir emas.

Tuman hokimi o‘rinbosari, davlat soliq inspeksiyasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbarlari, suv taʼminoti korxonasi masʼullari aholiga suv tashib yetkazuvchi avtomashina egalari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda aholi isteʼmoli uchun yetkazilayotgan suv belgilangan muddatda tahlildan o‘tkazib borilishi, shu kabi mashina egalari tadbirkorlik faoliyatini tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari zarurligi haqida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, avtomashinalarning tashqi ko‘rinishi, suv idishlarining tozaligi talab darajasida bo‘lishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM