MAHSULOT UCHUN SUBSIDIYA

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 434-sonli qarorida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi belgilangan.

Tuman hokimi boshchiligida to‘rtinchi sektor rahbari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va chorvachilik fermer xo‘jaliklari raislari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda aynan shu haqda so‘z yuritildi. Demak, 1 litr sut 200 so‘m, 1 kilogramm go‘sht mahsulotiga esa 2000 so‘mdan subsidiya ajratilishi, buning uchun fermerning qo‘shilgan qiymat solig‘idan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, kontragent soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan  bo‘lishi lozim.

Yig‘ilishda fermerlar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan to‘liq javob oldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM