LOYIHALAR SHAKLLANTIRILMOQDA

Tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish borasida amaliy ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda tumandagi yangi investitsiya loyihalari joyiga chiqgan holda o‘rganildi.

Masalan, tashabbuskor tadbirkor Shuhrat Tursunqulov Amir Temur mahallasi hududidan 15,9 sotix yerni auksion savdosida sotib olgan. Bu yerda qiymati 1,5 milliard so'mlik tikuv sexi va maishiy xizmat ko‘rsatish obyekti bunyod etmoqda. 

Shu kabi "Narpay issiqxonasi" MCHJ tomonidan o‘tgan yili yaxna ichimliklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandi. Tadbirkor Azizbek Isanov 2022 yilda 10 milliarddan ortiq mablag' jalb etib, faoliyatini kengaytirish va meva sharbatlari ishlab chiqarish niyatida.

Bundan tashqari, 2022 yilda "ABDULLAOXON TRANS" MCHJ negizida 11,5 millard so'm jalb etgan holda gazlangan yaxna ichimliklar ishlab chiqarish hamda muzlatkichli omborxona tashkil etish rejalashtirilgan. Tadbirkor tashrif davomida tuman hokimiga taklif etilayotgan yer maydonini auksion savdosiga chiqarib berishni taklif qildi. Tuman hokimi ushbu masalani tegishli mas'ullar bilan joyida o'rgandi.

Tuman hokimi tegishli mutasaddilar hamrohligida ushbu va boshqa loyihalar bilan atroflicha tanishib chiqdi. Istiqbolli rejalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazib, loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish bo‘yicha masʼullarga aniq ko‘rsatma hamda topshiriqlar yuzasidan kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM