TADBIRKORLAR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Tuman hokimligida fuqarolar va tadbirkorlar uchun qabul bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi, o‘rinbosarlar va sektor rahbarlari qabul ishtirokchilarining muammolarini o‘rgandilar. 

Tadbirkorlar tomonidan kredit, faoliyatini kengaytirish uchun yer masalalarida murojaatlar tushgan bo‘lsa, bandlik, moddiy yordam, kadastr, uyini taʼmirlashda yordam so‘ragan fuqarolar ham bor.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM