TANLOVDA IQTIDORLI YОSHLAR QATNASHDI

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan madaniyat, xalq taʼlimi bo‘limlari hamda Yoshlari ishlari agentligi hamkorligida 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida  “Vatan taraqqiyotga mening hissam” mavzusida tanlov tashkil etildi.

Yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ular o‘rtasida ilm-fan, sanʼat, madaniyat, badiiy ijodni yana-da ommalashtirish, isteʼdodli, tashabbuskor, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu tanlov ishtirokchilari "Tasviriy va amaliy sanʼat", "Adabiyot va publitsistika", "Milliy maqom va milliy estrada"  yo‘nalishlari  bellashdilar.

Tanlov g‘oliblari faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM