#Ayni_paytda:

O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining “Keksalar uchun turizm oyligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida erta tongdan bir guruh nuroniylar va faollar Toshkent shahrini ziyorat qilish uchun yo‘lga otlanishdi.

Tashkil etilgan maxsus avtobusda keksa nuroniylarni tuman hokimi yo‘lga kuzatdi.

Toshkent shahriga qilinayotgan sayohatlari haqida maʼlumotlar berib boriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM