TAʼLIM MASKANLARIDA ISITISH TIZIMI TALAB DARAJASIDAMI?

Ayni paytda tumanda 71 ta umumtaʼlim maktabi, 56 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ushbu taʼlim-tarbiya maskanlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan.

7, 11, 13-maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 37, 47-umumtaʼlim maktablarida bu borada qilingan ishlarni ko‘zdan kechirgan tuman hokimi masʼullarga aniq topshiriqlar berdi. Binolarni to‘liq isitish, o‘qituvchi, tarbiyachi, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarga yetarli sharoit yaratish yuzasidan so‘z yuritdi.

Shuningdek, 61-maktab negizida tashkil etilayotgan IT-maktabda olib borilayotgan so’nggi ta’mirlash va moslashtirish ishlari ham ko’zdan kechirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM