KO‘CHAGA CHIQINDI CHIQARMANG

Tozalik bor joyda baraka bo‘ladi, degan gap bor xalqimizda. Biroq, ming afsuski, ayrim shaxslar o‘zi yashayotgan ko‘chani obodonlashtirish o‘rniga chiqindi tashlab, xarobaga aylantirishmoqda.

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi xodimlari shunday holatga Haqiqat mahallasida duch keldilar. Ko‘chani sunʼiy chiqindixonaga aylanishiga sababchi bo‘lgan fuqaro aniqlanib, unga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi. Shu kabi chiqindixona bartaraf etildi.

Tayinlagan jarimani to‘lagach, bu fuqaro ko‘chaga chiqindi chiqarish qimmatga tushishini tushunib yetsa ajabmas.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM