TANLOVNING TUMAN BOSQICHI YAKUNLANDI

“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti uchun ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 82 nafar iqtidorli xotin-qiz faol ishtirok etdi.

Ishtirokchilar adabiyot, sanʼat (tasviriy, amaliy, bezak, dizayn), madaniyat, taʼlim, fan, sport, jamoatchilik yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarning vatanparvarligi, maʼnaviy yetukligi, siyosiy-ijtimoiy hayotda faol, tashabbuskorligi, Respublika hamda xalqaro miqyosdagi tanlovlar va tadbirlarda erishgan yutuqlari, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda boshqa qobiliyatlari inobatga olinib, yo‘nalishlar kesimida hakamlar hayʼati tomonidan baholandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM