MAʼNAVIYAT SOATI

Naqshbandiy markaziy jomeʼ masjidida navbatdagi maʼnaviyat soati bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi barcha jomeʼ masjidlari imom-xatiblari hamda otinoyilar ishtirok etdilar.

Maʼnaviyat soatida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni o‘rganish, umumtaʼlim maktablarida o‘quvchi- yoshlarni yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish, masjid va qabristonlarni obodonlashtirish borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Otinoyilarning din sohasidagi bilimlarini yana-da oshirish maqsadida “Otinoyilarning jamiyatdagi o‘rni” mavzusida ham maʼruza qilindi.

Bundan tashqari, imom-xatiblar va otinoyilar tomonidan haftalik amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitildi, kelgusi haftada bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM