XIZMAT KO‘RSATISH OBYEKTLARIDA

Tumanda yil boshidan buyon 62 ta yer uchastkasi tadbirkorlik tashkil qilish maqsadida e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali sotilgan. Shundan 47 tasida xizmat ko‘rsatish sohasi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Ayni paytda esa 42 ta xizmat ko‘rsatish obyektlari ishga tushdi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, aholini bandligini taʼminlash va ularga qulaylik yaratish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi tegishi o‘rinbosar hamrohligida xizmat ko‘rsatish obyektlarining qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Shu bilan bir qatorda tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM