YANGI KORXONA ISH BOSHLAYDI

Birinchi sektor hududidagi Mirbozor shaharchasidagi sobiq "Konserva ishlab chiqarish zavodi" ancha yillardan buyon faoliyat yuritmasdi. Kun sayin ishlab chiqarish rivojlanib borayotgan bir paytda bo‘sh turgan inshootlardan unumli foydalanishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Bo‘sh turgan zavodning bir qismida qo‘shni tumandan taklif etilgan tadbirkorlik subyekti – Xirmon citi MCHJ tomonidan sutkasiga 40 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash liniyasini ishga tushirilmoqda. Ushbu korxona faoliyat yuritishi natijasida tumanda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM