#DIQQAT_EʼLON

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TANLOVINING TUMAN BOSQICHIGA MARHAMAT!

Hurmatli xotin-qizlar!

Joriy yilning 28 oktyabr kuni soat 10:00 da 27-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli mukofot 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan eng iqtidorli, aʼlo xulqli, zukko, tashabbuskor qizlarga quyidagi yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari uchun beriladi:

-  Adabiyot yo‘nalishi;

-  Sanʼat yo‘nalishi;

-  Sanʼat (tasviriy, amaliy, bezak, dizayn) yo‘nalishlari;

-  Madaniyat yo‘nalishi;

-  Taʼlim yo‘nalishi;

-  Fan yo‘nalishi;

-  Sport yo‘nalishi;

-  Jamoatchilik yo‘nalishi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutahassisi Z.Ashurovaga murojaat qilishlari lozim.

Murojaat uchun telefon:

66-432-19-68

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM