"Yosh saylovchi - 2021" forumi Narpayda

Yoshlarning huquqiy bilimlarimi yana-da oshirish maqsadida viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" forumi Narpay tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

1-sonli kasb-hunar maktabida "Yangi O‘zbekiston mening nigohimda” mavzusida insholar tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini, munozara bellashuvlari, shuningdek, qiziqarli viktorinalar uyushtirildi.

Saylov jarayoni haqida muntazam maʼlumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimotining o‘tkazilishi esa siyosiy jarayonga ishtirokchilarning qiziqishlarini yanada oshirdi, deyish mumkin.

Loyihalarda faol ishtirok etgan yoshlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM