Tuman Kengashining sessiyasi

DEPUTATLAR CHIN YETIMLARNI O‘Z QARAMOG‘IGA OLISH TASHABBUSI BILAN CHIQISHDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ttiz sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab “Temir daftar”da turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jasurbek Shodiyevning hisoboti tinglandi. So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 9-avgustdagi “Yitim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasi masʼul kotibi Anvar Omonov hisobot berdi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, tuman Kengashi deputatlari 50 nafar narpaylik chin yetimlarni o‘z qaramog‘lariga olish tashabbusi bilan chiqdi.

Shu kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi yuzasidan tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i Farruh Nurullayevning hisoboti eshitildi.

Bundan tashqari sessiyada tashkiliy masalalar ham ko‘rildi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM