Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

O‘ZBEKKENT MAHALLASI

Shuni taʼkidlash lozimki, biz joylarning nomlanish tarixini aniqlashda avvalo, mahalliy aholining bu haqdagi fikrlari bilan qiziqamiz. So‘ng tarixiy manbalarga murojaat qilamiz, albatta.

“O‘zbekkent” so‘zining maʼnosi: O‘zbek – millat, Kent – shahar mazmunini anglatadi.  Keksalarning so‘zlariga qaraganda,  arab istilosi davrida shu hududning yuqori qismiga arablar o‘rnashadilar va o‘z maskanlarini “Arabxona”, deb nomlashadi. Hududning quyi qismida o‘zbeklar yashashgani uchun O‘zbekkent, deb ataydilar.

Shu tariqa O‘zbekkent qishlog‘i paydo bo‘lgan. Mahallaga ham qishloqning nomi berilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM