ICHKI YO‘LLAR TAʼMIRLANMOQDA

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan dastlab 37,9 kilometrlik ichki yo‘llarga asfalt yotqizish rejalashtirilgan. Yo‘lsozlarimiz zimmalaridagi bu vazifani  uddalashmoqda.

Ayni paytda ular Oqtosh shahrining Bobur ko‘chasiga to‘liq asfalt yotqizishyapti. 1,2 kilometrdan ortiq masofadagi yo‘l taʼmiri 8 metr enlikda sifatli amalga oshirilyapti.

Keyingi navbatda  E.Ravshanov ko‘chasining katta qismiga asfalt yotqizish ishlari boshlanadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM