KICHIK BIZNESDAN YIRIK LOYIHA SARI

“Ideal” xususiy korxonasi o‘z faoliyatini kichik savdo-sotiq ishlaridan boshlagan. Bugungi kunga kelib, bu yerda 3,5 milliard so‘mlik yirik loyiha amalga oshirilyapti. Keng turdagi mebel ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan korxonada  20 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosari bilan ushbu tadbirkorlik subyektida bo‘ldi. Faoliyatini kengaytirib, yirik loyihaga qo‘l urgan tadbirkorga qanday amaliy yordam zarurligi, shu kabi uning murojaat va takliflari o‘rganildi.

Bundan tashqari, “Narpay Mirzo Yo‘ldosh” xususiy korxonasining kelajakda rejalashtirilayotgan loyihasi bilan ham tanishildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM