#Bugun tug‘ilgan kun

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jasurbek Shodiyev 1984  yil 27 iyul kuni Narpay tumanida tavallud topgan. 

U 2007 yilda  Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tugallagan.

Mehnat faoliyatini 2007 yilda AT “Paxtabank”(hozirgi “Agrobank”)ning Oqtosh bo‘limidan boshlagan. 2016-2019  yillarda  “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Narpay filiali boshqaruvchisi,  2019-2020 yillar oralig‘ida esa “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Ayni paytda Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlamoqda.

Jasurbek Shodiyevning tavallud kuni bilan chin dildan tabriklaymiz.

Narpay tuman hokimligi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM