NAVBATDAGI MAʼNAVIYAT SOATI

“Naqshbandiy” jome masjidida navbatdagi  maʼnaviyat soati bo‘lib o‘tdi. 

Maʼnaviyat soatida kunlik va juma namozlari faqat ochiq  maydonlarda oraliq masofani saqlagan holda ado etilishi, maʼruza va suhbatlarda vaksina olishning ahamiyati, zarurati, karantin talablariga yana-da jiddiy eʼtibor qaratish zarurligi namozxonlarga muntazam eslatib turish lozimligi taʼkidlandi. 

Shu kabi bu  hafta tuman hokimining tashabbusi bilan “Ziyoratgoh, qadamjo va qabristonlarni obodonlashtirish haftaligi” etib belgilanganligini bois fuqarolarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishini targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Bundan tashqari, imom-xatiblar tomonidan haftalik amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitilib, kelgusi haftada bajariladigan vazifalar kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM