Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

“MANG‘IT” MAHALLASI

MANG‘IT, mang‘itlar — yirik qabilalardan biri. Maʼlumotlarga ko‘ra, Buxoro xonligi hududida 100 ming kishi, Buxoro vohasi va Qarshi atrofida 44 ming kishi, Zarafshonning quyi oqimida
8 ming kishi, o‘rta oqimida 10 ming kishi, Chorjo‘y tumanida 11 ming kishi, Jizzaxda 2600 kishi, Xorazmda 10 ming kishi yashagan. Mang‘itlar qoraqalpoqlar va Shimoliy Kavkazdagi no‘g‘aylar tarkibida ham bo‘lgan, bir qismi esa Shimoliy Afg‘onistonda yashagan.
 
O‘zbekistonda yashovchi Mang‘itlar bir qancha yirik va mayda urug‘larga bo‘lingan. Mang'itlar 1753—1920 yillargacha Buxoroni idora qilib kelgan.
Aslida Mang‘itlar 13-asrda Dashti Qipchoqda, katta bir qismi esa Volga va Ural daryolari oralig‘ida yashashgan. 16-asrda O‘zbekiston hududiga ko‘chib kelganlar.

Mahallaga nom berilishidan oldin ham bu hududdagi katta qishloq Mang‘it deb atalgan. Mahallaning nomlanish tarixi shu bilan bog‘liq.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM