50 NOCHOR OILAGA 50 NAFAR MASʼUL

Tumanimizda  Andijon tajribasi asosida og‘ir va olis hududlarda “xonadonbay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi, markazdan olisda joylashgan 13 ta og‘ir hudud tanlab olinib, Ulus, Chingizkent, Morkent va Olchin qishloqlarida esa “xonadonbay” tizimda ish boshlanganligi haqida xabar bergandik. 

Shu kunga qadar qishloqlardagi aholi xonadonlari tartibga keltirilib, guzarlar obodonlashtirildi.Mahalliy deputatlar xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o‘rganishdi. 

Tuman hokimi mahallada yashovchi ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan 50 ta oila vakillari bilan uchrashdi. Ushbu oilalarning har biriga vakillar biriktirilishi taʼkidlandi. Vakillar ularning muammolarini yechish, o‘zini-o‘zi band qilish orqali kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashadilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM