XAR ISHNING O’Z MASHAQQATI BOR

Bu yil mamlakatimizda suv tanqisligi muammosi kuzatilayotgani sir emas. Dehqonlarimiz g‘o‘za maydonlarini  sug‘orishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani ham rost. Shu bois tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abduqahhor Tojiyev qishloq va suv xo’jaligi tashkilotlari mutasaddilaridan tarkib topgan ishchi guruh tuzdi.

 Ishchi guruh aʼzolari tunu kun yurib, dalalarga suvni to‘g‘ri taqsimlash harakatidalar. Qiyinchiliklarga qaramay galma-gal har bir dalaga suv yetkazilyapti.

Aslida tanti dehqonlarimiz doimo tabiat injiqliklarini yengishgan. Ular uchun bu sinovli kunlar ham pisand emas.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM