TOMCHILATIB SUG‘ORISHDAGI NATIJALAR

Tuman hokimi qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamrohligida hududlarda g‘o‘za parvarishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Suv tanqisligiga qaramay g‘o‘zalar rivoji yomon emas. Agar hamma maydonlarda ekinlarni tomchilatib sug‘orish tashkil etilsa, muammolar o‘z-o‘zidan barham topadi.

Shundan so‘ng tuman hokimi Elbek nomli fermer xo‘jaligi dalasida tashkillashtirilgan tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdi. Seminarda tomchilatib sug‘orishning afzalliklari, suv va o‘g‘it, yoqilg‘i sarfining kamayishi, bu esa o‘z navbatida fermerga foyda keltirishi haqida so‘z yuritildi.

Keyin ushbu fermer xo‘jaligida tashkil etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bilan tanishildi. Buning samarasi – g‘o‘zalarning  yaxshi rivojlanganiga ishtirokchilar guvoh bo‘ldilar. 

Taʼkidlash lozimki, yaqin kelajakda barcha dalalarda ekinlarni tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM