OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 3 fevraldagi PF-6155 Farmoniga asosan 2021 yil 1 iyulga qadar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni maxsus “Е -qaror” elektron tizimi orqali tayyorlab, qabul qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish belgilangan.

Ushbu farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Narpay tumanida “Е -qaror” tizimi bilan ishlash bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi. UZINFOCOM masʼul xodimi tomonidan o‘tkazilgan seminarda tuman hokimligi, korxona va tashkilotlarning huquqiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha masʼul xodimlari elektron tizimga ulanish va uni yuritish bo‘yicha bilimlarini oshirishdi. 

Shuningdek, tuman hokimining qarori ilk bor “Е -qaror” elektron tizimi orqali imzolandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM