“Yoshlar kitob olami”da

 Joriy yilning 18 iyun kuni tuman hokimining maslahatchisi S. Dagarov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari A. Bobojonov tumandagi “Yoshlar kitob olami”ga tashrif buyurishdi va bu yerda tashkil qilingan to‘garak faoliyati bilan tanishdi.

 Shu bilan bir qatorda kutubxonaga kelgan yozuvchi, shoirlar hamda kitobxon yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

 Mazkur davra suhbati davomida yig‘ilganlarga jonajon O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘yganligi hamda barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM