SIMYOG‘OCHLAR REKLAMA USTUNI EMAS

     Ayni kunlarda tuman hokimligi ishchi guruhi tuman elektr tarmoqlari mutasaddilari bilan hamkorlikda tumandagi simyog‘ochlarga tadbirkorlar tomonidan noqonuniy ravishda o‘rnatilgan reklama vositalarini bartaraf etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

     O‘rganishlar jarayonida tumandagi 30 ga yaqin simyog‘ochlarga tadbirkorlar tomonidan hech qanday asossiz, noqonuniy ravishda, mahsulotlarni targ‘ib etuvchi reklama vositalari o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar joyida bartaraf etildi. 
   
  Hurmatli tadbirkorlar! Reklamangizni joylashtirishda qonun talablariga rioya eting.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM