Hurmatli tadbirkorlar, tashqi reklamalarni joylashtirishda qonun talablariga rioya qiling!

     Tuman hokimligining ishchi guruhi tomonidan tumandagi tashqi yozuvlar, jumladan, lavhalar, e’lonlar,  reklama va ko‘rgazmali axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga muvofiqligi o‘rganildi.
     O‘rganishlar davomida “Davlat  tili haqida”gi Qonunning 20-moddasiga to‘g‘ri kelmaydigan hamda yaroqsiz holatga kelib qolgan 20 dan ortiq lavhalar, narxnomalar,  e’lon va  boshqa axborot matnlari olib tashlandi.

     Tadbirkorlik subyektlariga ogohlantirish xatlari berildi hamda reklama vositalarini qonunga muvofiq joylashtirish lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

    Bu kabi o‘rganishlar tumanda muntazam ravishda olib borilmoqda. 

S. Dagarov,
tuman hokimi maslahatchisi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM