TILGA E’TIBOR – ELGA E’TIBOR

      Joriy yilning 23-fevral kuni Narpay tumani hududidagi savdo do‘konlar va oshxonalardagi mavjud reklama bannerlar hamda peshlavhalardagi yozuvlarning holati tuman mutasaddilari tomonidan o‘rganildi.
      O‘rganish davomida tuman hududidagi turli xildagi savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashib, “Davlat tili haqida”gi qonunning 20-moddasi mazmun-mohiyati va bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borish lozimligi tushuntirildi hamda ushbu qonun talablariga to'g'ri kelmaydigan
20 dan ortiq peshlavha, reklamalardagi xatoliklar joyida bartaraf etildi.

      Til millat ko'zgusi, taqdiri, manfaati, davlatchilik ramzidir. Uni himoya qilish shu mamlakat fuqarolarining burchidir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM