"Yosh kitobxon" tanlovining Samarqand viloyati bosqichida ikkinchi yosh (15-19) toifasi bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi.

Yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning viloyat bosqichida:

 

Uchinchi o'rinni jami 211,5 ball bilan Urgut tumanidagi    108-umumta'lim maktabi o'quvchisi Baxriddinova Saodat Baxtiyor qizi;

 

Ikkinchi o'rinni 243,3 ball bilan Narpay tumani Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 1-bosqich talabasi Safoyeva Iroda Foziljon qizi;

 

Birinchi o'rin va tanlovning yakuniy respublika bosqichiga yo'llanmani 266,6 ball bilan Oqdaryo tumanidagi 48-umumta'lim maktabi o'quvchisi Abdulakimova Gulsanam Farxod qizi qo'lga kiritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM