BESH TASHABBUS OLIMPIADASI

Maʼlumki, mahalla yoshlari o‘rtasida anʼanaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumiga start berilgan.

Ushbu loyiha doirasida madaniyat va sanʼat, sport musobaqalari, IT, kitobxonlik, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Ibrat”, chet tillari, kasb tanlovlari, shuningdek nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun «Paralimpiya» sport o‘yinlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tumanimizda bu bo‘yicha turli musobaqa, intellektual o‘yin va turnirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shu kunlarda barcha mahallalar kesimida bir qator sport turlari bo‘yicha yoshlarimiz o‘zaro bellashyapti.

Mahalla bosqichida saralab olingan sportchilarimiz keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM