MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILIB, Xodimlar bilan suhbat olib borildi

Yaqindagina yangi rahbar tayinlangan tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida markaz hududidagi obodonchilik, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

So‘ng soha vakillari bilan birma-bir suhbat olib borilib, ularning taklif va muammolari ham tinglandi. Shu kabi joylarda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, markazda pullik xizmatni rivojlantirish lozimligi borasida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM