SHAHRIMIZ OBODLIGIGA MASʼULMIZ

Oqtosh shahrining asosiy ko‘chalari atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rganish davom etmoqda.

Yo‘l chetidagi noqonuniy tiklangan yengil konstruksiyali savdo nuqtalari,  eskirgan va o‘zbek tiliga zid  tashqi reklamalar olib tashlanyapti.

Bundan tashqari yo‘l chetidagi suv yo‘llarini tozalash, daraxtlarni tartibga keltirish, devorlarni taʼmirlash ishlari ham peshma-pesh amalga oshirilyapti. 

Hurmatli mulkdorlar, turar va noturar joy egalari! O‘z obyektlaringiz old-atrofini tozaligiga eʼtibor qarating! Shahrimiz obodligiga barchamiz birdek masʼulmiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM