HOKIM YORDAMCHILARINING SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI

Shu yilning ikkinchi choragi yakuni bo‘yicha viloyatdagi mavjud tuman (shahar) lardagi hokim yordamchilari  faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari dastlabki reytingi (KPI) natijalari eʼlon qilindi.

Viloyat bo‘yicha aniqlangan eng yuqori 36 talik ro‘yxatning 10 tasida yoki 32 foizi tumanimizda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari eʼtirof etilgan. Masalan, eng yuqori 10 talik orasida 2 ta Narpaylik – Mushkent va O‘zbekkent mahallalarining hokim yordamchilari Dilshod Xudoyqulov 98,82 hamda Dilshod Almatovlar 97,12 ball bilan nomlari qayd etilgani quvonarlidir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM