SARHISOB

2-son kasb-hunar maktabida tuman hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalla raislari va hokim yordamchilarining yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlari muhokama etildi.

Jumladan mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish borasidagi saʼy-harakatlar haqida so‘z yuritildi.

Bunda ayrim mahalla raislarining harakatsizligi tanqid ostiga olindi.

Shu kabi tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shgan, soliqlar tushumini tushirishda jonbozlik ko‘rsatgan aksariyat raislar va hokim yordamchilariga pul mukofoti sertifikatlari topshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM