SHAHRIMIZ CHIROY OCHSIN

Oqtosh shahrining asosiy ko‘chalari atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rganish davom etmoqda.

Bunda shahar ko‘rkiga dog‘ bo‘lib turgan yo‘l chetidagi noqonuniy tiklangan soyabonli va yengil konstruksiyali savdo nuqtalari, belgilangan meʼyorlarga zid  tashqi reklamalar olib tashlanyapti.

Eslatib o‘tamiz: bu kabi ishlar hududlar bo‘ylab davom etadi.

Hurmatli hamyurtlar! Tumanimiz markazi – Oqtosh shahrining chiroy ochishi uchun barchamiz masʼulmiz. Turar va noturar joy egalari obyektlarining old-atrofini tozaligiga eʼtibor qaratishsa, shahrimiz obodligiga hissa qo‘shishgan bo‘lardi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM