BU GAL YOSHLAR UCHRASHUVI O‘ZGACHA TARZDA TASHKIL ETILDI

“NBA Allians"  masʼuliyati cheklangan jamiyatida hokim va tadbirkor yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Bunda nafaqat tadbirkorlar, balki ishbilarmonlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar ham ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda tadbirkorlik uchun yer, kredit olish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish yuzasidan murojaatlar va takliflar ilgari surildi. O‘ttizga yaqin murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi, albatta.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar va  mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun "Maroqand sifat" masʼuliyati cheklangan jamiyat negizidagi ip-kalava  hamda gipsokarton listlari ishlab chiqarish korxonalariga biznes sayohat ham uyushtirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM