PROFILAKTIK SUHBAT

Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan "Sherdor" bazmgohida Navro‘z mahallasi ahli o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unda tuman hokimi, prokuror  va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

Shu kabi M-37 yo‘lida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi tufayli ikki nafar piyodaning kasalxonaga yotqizilganligi, halokatning kelib chiqish sabablari muhokama etildi.

Muhokamada so‘zga chiqqan mahalla faollari bunday hodisalarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish lozimligi haqida to‘xtaldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM