“KO‘K OTA”LIK CHEMPION

Sportning akademik eshkak eshish turi bo‘yicha 2005-2006 va 2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Unda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarida tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etdilar

Tumanimizning Ko‘k ota mahallasida yashovchi Fozil Ahadov ham ushbu chempionatda qatnashdi. Foziljon M8 va M4 dasturlarida 2000 metr masofaga eshkak eshish bo‘yicha birinchi hamda ikkinchi o‘rinlarni egalladi.

G‘olib hamyurtimiz birinchi, ikkinchi darajali diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM