Maʼnaviyat soati

OTINOYILAR VAZIFALARI HAQIDA

Tumandagi rasmiy otinoyilar ishtirokida navbatdagi maʼnaviyat soati bo‘lib o‘tdi. Maʼnaviyat soatida diniy ishlar qo‘mitasining tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi Ravshan Valiulin, tuman bosh imom-xatibi Dilmurod Bektamishevlar joylarda to‘y va maʼrakalar, oilaviy tadbirlarni karantin qoidalariga rioya etilgan holda o‘tkazish shartligi yuzasidan so‘z yuritdilar.

Otinoyilar bu haqda davralarda targ‘ibot ishlarini olib borishlari lozimligi taʼkidlandi. Shu kabi kelgusida rejalashtirilayotgan vazifalar kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Разработан в: SAKTRM