Sportning futbol turi boʼyicha 2007-yilda tug'ilganlar oʼrtasida "Sport maktablari futbol ligasi" doirasida Oʼzbekiston chempionati musobaqasining hududiy bosqichlari bo'lib o'tmoqda.
Jumladan, Ishtixon tumanida ham Samarqand viloyati bosqichi o'tkazildi.
Natijalariga ko'ra, Samarqand shahri 1-o'rin, Narpay tumani 2-o'rin hamda Pastarg'om tumani jamoalari 3-o'rinni egallab, musobaqaning keyingi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Ma'lumot uchun, mazkur musobaqaning final bosqichi joriy yilning may oyida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.