HUQUQIY MASLAHATLAR BERILDI
Toshko‘prik mahallasida Samarqand viloyat sudining sudyalari H .Yarashov, B. Xudoyberganov, jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tuman sudining raisi B. Ahmedov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi S. Tursunovlar ishtirokida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar, shuningdek aliment, nikoh, oilaviy nizolar, uy-joy, ish joyi bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar tushdi.
Murojaatlar yuzasidan ayollarga huquqiy maslahatlar berildi.