Urush qanday maqsadda bo‘lmasin insoniyat ongida og‘ir xotiralarni qoldiradi. Afg‘onistonda bo‘lgan urushda qancha alp yigitlar jon berdilar, qanchasi bir umrga nogiron bo‘lib yurtga qaytishdi...
15 fevral kuni sobiq Ittifoq qo‘shinlarini Afg‘oniston hududidan chiqarilganiga 34 yil bo‘ldi. Shu bois tuman hokimi tegishli o‘rinbosar va masʼullar hamrohligida nogironligi bor bir guruh Afg‘on urushi qatnashchilari xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi.
Sobiq jangchilarga sihat-salomatlik tilab, sovg‘alar ulashdi.
Shu o‘rinda tumanimizda yashovchi barcha Afg‘on urushi qatnashchilariga mustahkam sog‘lik tilaymiz, oilasi, farzandlari baxtiga hamisha omon bo‘lishsin!