TADBIRKORGA BERILAYOTGAN KO‘MAK BILAN FAOLIYATIMIZ BAHOLANADI

 

Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Nurbek Razzoqovning “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida avgust oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

 

Narpay tuman davlat soliq inspeksiyasiga 2022 yil avgust oyi uchun byudjet daromadlariga 5,0 mlrd.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 5,9 mlrd.so‘mlik tushum taʼminlandi va prognoz ko‘rsatkichi 118,0 foizga (0,1 mlrd.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi. Shuningdek, mahalliy byudjet uchun 5,4 mlrd.so‘mlik reja haqiqatda 5,5 mlrd.so‘mga, yaʼni pronoz ko‘rsatkichi 101,9 foizga oshirib bajarilgan.

Bu davr mobaynida 22 ta yuridik shaxs hamda 114nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shuningdek, 832 nafar norasmiy ishlayotganlar legalizatsiya qilinib, rasmiy ish joylariga ega bo‘ldilar. 780 nafar fuqaroning esa o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi taʼminlandi.

Bugun faoliyatimizga qancha soliq qonunchiligini buzish hollari aniqlanib, qo‘shimcha soliq hisoblangani yoki tadbirkorga chora ko‘rilgani bilan emas, balki, soliq qonunchiligining buzilishi kamayganligi hamda tadbirkorlarni ortiqcha xarajatlardan saqlab qolinishiga qarab baho beriladi.

Darhaqiqat, soliq xodimi yangi ish boshlayotgan tadbirkorga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanini tanlab berishi kerak.

Xuddi shunday biznes subyektining “yashab ketishi”, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini tik¬lanishiga ko‘mak berish, moliya-buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga asosiy eʼtiborni qaratish lozim.

Bugungi kun manzilli ishlashni, har bir tadbirkor faoliyatiga uning qiyinchilik va muammolarini tushungan holda ko‘makchi bo‘lishni taqozo etadi.

“Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tumandagi 91ta tadbirkorlik subyektlari o‘rganilib, shundan 52 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Ulardan 21tasiga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, 13 tasiga soliq qarzi to‘g‘risida maʼlumot berish, 9 tasiga soliq rejimini tanlash, 1 tasiga aylanma solig‘idagi mavjud ortiqcha to‘lovni qaytarish, 9 ta subyektga shaxsiy hisob-varag‘idan ko‘chirma olish, 1 tasiga imtiyozli kredit olish borasida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Misol uchun tumandagi “Fayozbek Azizbek Nur” MCHJga 270.0 mln so‘m kredit olishda, “YATT Boboqulov Bahodir Mahammadiyevich”ning aylanma soliq to‘lovidan 14.9 mln. so‘m ortiqcha solig‘ini hisob-raqamiga qaytarishda amaliy yordam berildi.

Albatta, soliq to‘lovchi iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lsa, uning soliq to‘lash salohiyati ortib boradi, yangi ish o‘rinlari yaratadi. Buning natijasida tumanimiz byudjetiga tushadigan soliqlar miqdori oshadi va byudjet barqaror bo‘ladi.

Shunday ekan, tadbirkorning soliq to‘lash madaniyati, huquqiy bilimlarini oshirishda yaqindan ko‘makchi bo‘lib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam berishda davom etamiz.

Ayni paytda inspeksiyamizning“Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi”da “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash shuʼbasi” mavjud. Qolaversa, tadbirkorlar uchun tuman davlat soliq inspeksiyasining “Soliq-hamkor” telegram kanali faoliyat yuritmoqda. Ushbu telegram kanali orqali soliq qonunchiligiga oid chiqarilgan yangilik va qarorlar tezkorlik bilan soliq to‘lovchilar eʼtiboriga yetkazilmoqda. Eʼtiborlisi shundaki, tadbirkorlik subyektlari yoki hisobchilar har qanday tushunmovchiliklarga ushbu telegram kanalda tashkil etilgan savol-javoblar orqali yechim topishmoqda.

Narpay tuman davlat solik inspeksiyasi bundan keyin ham tumanimiz tadbirkorlarining eng yaqin ko‘makchisi bo‘lib xizmat faoliyatini davom ettiradi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM