AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari Anvar Boliyev (birinchi o‘rinbosar) va Doston Ziyodullayev, shu kabi IIB boshlig‘i o‘rinbosari Akmal Hasanovlar fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandilar.

Fuqarolar tomonidan gaz, elektr taʼminotidagi nuqsonlar, tomorqalarni sug‘orish uchun oqava suv tanqisligi masalalarida murojaatlar tushdi.

Murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Maked by: SAKTRM