BU YURTNING AYOLLARI EʼZOZLANADI
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi B.Ahmedov 1-son kasb-hunar maktabi jamoasi o‘rtasida “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Davra suhbatida muqaddas dargoh hisoblanmish oila tinchligini taʼminlash, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarga qanday holda himoya orderlarining berilishi va boshqalar haqida so‘z bordi.
Shu kabi yig‘ilganlar inson huquqlari va manfaatlariga oid masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.