SAYOHATCHILAR BUXOROGA YO‘L OLDI
22.06.2021 - 08:14Narpay tuman hokimligi tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari birlashmasi homiyligida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 100 nafar xotin-qiz Buxoro shahriga ikki kunlik sayohatga jo‘nab ketdi. Erta tongda hokimlik binosi yonidan ikkita avtobusda yo‘lga otlangan sayohatchilarga tuman hokimi Sherzod Rahmonov oq yo‘l tilab qoldi.
__________