Янгиликлар

HAMKORLIK VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR

Tuman ichki ishlar bo‘limida “Hamkorlik va istiqboldagi vazifalar” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Anvar Bobojonov ichki ishlar organlari bilan markaz hamkorligini yanada kuchaytirish, o‘zaro istiqbolli vazifalarni belgilab olish yuzasidan so‘z yuritdi. 

ICHKI YO‘LLAR RAVON BO‘LMOQDA

Bu gal yo‘lsozlarimiz “Sarbozor” mahallasining ichki yo‘llarini taʼmirlashmoqda. Hududdagi Oq masjid jome masjidi yonidan o‘tuvchi ko‘chaning 967 metri (qariyb bir kilometr)ga asfalt yotqizishayotir.

Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari faoliyatidan mahalla ahli juda mamnun.
__________

SAYOHATCHILAR BUXOROGA YO‘L OLDI

Narpay tuman hokimligi tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari birlashmasi homiyligida  “Ayollar daftari”ga kiritilgan 100 nafar xotin-qiz Buxoro shahriga ikki kunlik sayohatga jo‘nab ketdi. Erta tongda hokimlik binosi yonidan ikkita avtobusda yo‘lga otlangan sayohatchilarga tuman hokimi Sherzod Rahmonov oq yo‘l tilab qoldi.
__________

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM