Янгиликлар

Hurmatli hamyurtlar!

Bugun – 22 dekabr soat 16:00 da Yoshlar ishlari agentligi Narpay tumani bo‘limi boshlig‘i Obid Aliyev ishtirokida  “Matbuot anjumani” o‘tkaziladi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan “Matbuot anjumani”da yoshlarni bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot beradi.

22-dekabr – Energetika xodimlari kuni

Sana munosabati bilan O‘zbekiston bo‘ylab mehnat qilayotgan barcha energetika sohasi xodimlarini – montyorlar, elektriklar, muhandislar, dispetcherlar sohaga daxldor barcha-barchani chin dildan tabriklaymiz!

Aziz energetika sohasi xodimlari, kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Xalq farovonligi yo‘lidagi ezgu va xayrli ishdan aslo charchamang!
_____

SPORT FESTIVALLARI

19-umumtaʼlim maktabida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, workout, tosh ko‘tarish, armrestling hamda shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Yoshlar forumi doirasida o‘tkazilgan ushbu musobaqalarda jamoaviy hamda yakka tartibda 300 nafardan ortiq yoshlar bellashdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM